locale OZ

«MYU» Hoylundni qishki transferlar vaqtida «Napoli»ga sotishni rejalashtirmoqda

Daniyalik hujumchi hozirda neapolliklar safida ijarada toʻp suradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Hoylundni qishki transferlar vaqtida «Napoli»ga sotishni rejalashtirmoqda
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» daniyalik hujumchi Rasmus Hoylundni qishki transferlar vaqtida «Napoli»ga sotmoqchi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, ingliz klubi futbolchini 43 million yevro evaziga qo'yib yuborishni rejalashtirmoqda. «Napoli» bilan tuzilgan kelishuvda 44 million yevroga toʻliq sotib olish sharti bilan ijaraga olish varianti ham mavjud.

Shunga qaramay, mankunianliklar bitimni imkon qadar tezroq yakunlash tarafdori. Muzokaralar yaqin haftalarda boshlanishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, Hoylund joriy mavsum barcha turnirlarda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting