locale OZ

«MYU» himoya chizigʻini yangilash uchun uch nafar nomzodni koʻrib chiqmoqda

Mankunianliklar qishki transferlar vaqtida bir qator transferlarni amalga oshirmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» himoya chizigʻini yangilash uchun uch nafar nomzodni koʻrib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

Kelasi yil «Manchester Yunayted» bir nechta transferlarni amalga oshirishni, xususan himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Manchesterliklar klubning qisqa va uzoq muddatli ehtiyojlariga mos keladigan markaziy himoyachilar variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hamon «Everton» himoyachisi Jerrad Brantuayt bo‘lib qolmoqda. U o‘zining jismoniy kuchi hamda to‘pni nazorat qila olish qobiliyati bilan yuqori baholanmoqda.

Shuningdek, «Manchester Yunayted» «Kristal Pelas» futbolchisi Mark Gehiga ham qiziqish bildirmoqda.

Bundan tashqari, mankunianlar «Atalanta»ning 17 yoshli himoyachisi Honest Ahanorga ham e’tibor qaratmoqda. Yosh futbolchi «qizil iblislar» bosh murabbiyi Ruben Amorimning iqtidorli yoshlarni klub ichida rivojlantirish borasidagi qarashlariga to‘liq mos keladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting