locale OZ

«MYU» Grinvudni ham ortga qaytarmoqchi

2024 yilda ingliz grandi futbolchini "Marsel"ga 26 million yevroga sotdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"MYU" Grinvudni ham ortga qaytarmoqchi
ФОТО: Getty images

"Marsel" hujumchisi Meyson Grinvud joriy mavsum yakunlangach, yana "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda MatchDay Central nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati Fransiyada o'zini juda yaxshi ko'rsatayotgan 24 yoshli Grinvudni ortga qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Ma'lumot uchun, Grinvud "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2024 yilda ingliz grandi futbolchini "Marsel"ga 26 million yevroga sotdi.

Joriy mavsumda Grinvud barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 15 marta ishg'ol qildi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting