«MYU» Goretska uchun kurashga qoʻshildi
«Bavariya»ning 30 yoshli yarimhimoyachisi Leon Goretska faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi kelayotgan yozgi transfer oynasida Myunxen klubini tark etishga yaqin turibdi.
Ayni damda Germaniya terma jamoasi a’zosiga «Manchester Yunayted», «Arsenal» va «Vest Hem» kabi klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, ingliz klublari va futbolchi vakillari o‘rtasidagi dastlabki muloqotlar ijobiy yakunlangan. Goretska faoliyatining ayni bosqichida xorij chempionatida o‘zini sinab ko‘rishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Maʼlumot uchun, Leon joriy mavsum davomida barcha turnirlarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali tajribali yarimhimoyachining bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.