«MYu» Gordonga qiziqish bildirmoqda
Joriy mavsumda u 33 ta o'yinda 10 ta gol urdi.
Фото: Reuters
"Nyukasl" vingeri Entoni Gordon faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Ben Jeykobs xabar berishicha, "qizil iblislar" 24 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Shuningdek, "qizil iblislar"ga "Leyptsig" tomonidan 100 mln yevroga baholanayotgan Yan Diomande ham qiziqish bildirmoqda.
Gordon joriy mavsum barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 60 mln yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist