«MYU» gollar boy bahsda «Liverpul»ni mag'lub etib, YECHL yo'llanmasini qo'lga kiritdi
O'yinda jami 5 ta gol urildi.
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasining 35-turida “Manchester Yunayted” o'z maydonida “Liverpul”ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.
Mezbonlar safida Mateus Kunja (6-daqiqa), Benyamin Sheshko (14) va Kobbi Maynu (77) mualliflik qildi. “Liverpul” tarkibida Dominik Soboslai (47) va Kodi Gakpo (56) o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
Ushbu g'alabadan so'ng “Manchester Yunayted” ochkolari sonini 64 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Ma'lumot uchun, joriy mavsum yakunlariga ko'ra Angliya chempionatining eng yaxshi beshta jamoasi YECHLga yo'llanma oladi. 6-o'rinda borayotgan “Bornmut” hisobida 52 ochko bor.
APL. 35-tur
Manchester Yunayted — Liverpul 3:2
Gollar: Kunja (6), Sheshko (14), Maynu (77) — Soboslai (47), Gakpo (56).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist