\"MYu» Gimaraesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Bruno “qarg‘alar” safida 2022 yildan buyon to‘p tepadi.
ФОТО: Getty images
“Nyukasl” yarim himoyachisi Bruno Gimaraes faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Migel Delani xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchining vakillariga yaqin manbalar “Manchester Yunayted” bilan aloqaga chiqqan.
Qayd etilishicha, braziliyalik futbolchi “Nyukasl”dagi hozirgi holatdan norozi. Bruno “qarg‘alar” safida 2022 yildan buyon to‘p tepadi.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist