locale OZ

«MYU» Gehi uchun kurashga qo'shildi

Unga talabgorlar soni ko'payishda davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Gehi uchun kurashga qo'shildi
ФОТО: Getty images

"Kristal Pelas" sardori va Angliya terma jamoasi himoyachisi Mark Gehi uchun transfer kurashi avj olmoqda.

United In Focus xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" ham 25 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Gehi uchun “Liverpul”, “Real” va “Bavariya” jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Endilikda “qizil iblislar” bu klublar bilan raqobatlashadi.

Mankuniyaliklar uning "Kristal Pelas"dagi barqaror o'yini va yetakchilik qobiliyati "Yunayted" murabbiylar shtabining e'tiborini tortdi.

Qo'shimcha qilamizki, Mark o'tgan mavsumda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgani va 2 ta golga hammualliflik qilgani qayd etilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting