«MYu» futbolchisi Shomurodovning jamoadoshiga aylanishi mumkin
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" klubi qanot himoyachisi Tyrell Malasia tez orada jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda StrettyNews xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" 26 yoshli niderlandiyalik futbolchini ijaraga olish uchun Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubidan rasmiy taklif olishgan.
Tomonlar hozircha sotib olish sharti bilan uni ijaraga olish taklifini muhokama qilmoqda.
Malasia "Manchester Yunayted" safida 2022 yildan beri to‘p surmoqda. Bu mavsumda himoyachi biror marta ham qaydnomaga kiritilmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist