MYU Fratteziga qiziqmoqda
Uning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
"Inter" yarim himoyachisi Davide Frattesi yozda Angliyaga yo'l olishi mumkin. CaughtOffside xabariga ko'ra, italiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbada aytilishicha, manchesterliklar 26 yoshli futbolchi transferi bo'yicha kutilmagan yurish qilishi mumkin.
Qayd etilishicha, Frattesi "qizil iblislar"ning yozgi tarkib yangilanishidagi muhim figuraga aylanishi ko'zda tutilmoqda.
Davide Frattesi 2024 yilda "Sassuolo"dan "Inter"ga 31 million yevro evaziga ko'chib o'tgan edi.
Uning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 29 ta bahsda maydonga tushdi. U mazkur uchrashuvlarda 3 ta assist qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist