locale OZ

«MYU» Fernandeshga narx belgiladi

Portugaliyalik futbolchi qishki transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Fernandeshga narx belgiladi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» 31 yoshli yarimhimoyachi Bruno Fernandeshni sotish variantini diqqat bilan koʻrib chiqmoqda. Mankunianliklar portugaliyalik futbolchini yoshroq futbolchilarni sotib olish maqsadida transferga qo‘yishi mumkin. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «qizil iblislar» Fernandeshni taxminan 70 mln funt evaziga sotishga tayyor. Yarimhimoyachiga Saudiya Arabistoni klublari — xususan «Al Hilol» va «Al Ittihod» qiziqish bildirishda davom etmoqda.

Bruno Fernandesh «Manchester Yunayted» safida 2020 yil yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. Shu vaqt davomida u barcha musobaqalarda 306 ta o‘yinda maydonga tushib, 102 ta gol va 92 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning hozirgi bozor qiymati 40 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting