locale OZ

«MYU» Fermin Lopes uchun 150 million yevro taklif qilishga tayyor

Biroq «Barselona» Lopes bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
«MYU» Fermin Lopes uchun 150 million yevro taklif qilishga tayyor
ФОТО: Getty images

«Manchester Yunayted» kelasi transfer oynasida tarkibini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. El Nacional nashri Goal manbasiga tayanib xabar berishicha, mankunianliklar «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopesga qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya klubi 23 yoshli futbolchi uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor. Biroq «Barselona» Lopes bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Futbolchining o‘zi ham o‘z tarbiya topgan klubini tark etish niyatida emas.

Shu sababli «Manchester Yunayted» uchun futbolchini qo‘lga kiritish oson bo‘lmasligi mumkin. Manbada ta’kidlanishicha, hatto shartnomadagi tovon pulini to‘lash imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda ham transfer amalga oshishi kafolatlanmagan.

Fermin Lopes 2026/27-yilgi mavsumda «Barselona» safida 7 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting