locale OZ

«MYU» Elliot Anderson uchun kurashga qoʻshildi

22 yoshli yarimhimoyachi joriy mavsum bitta golga mualliflik qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Elliot Anderson uchun kurashga qoʻshildi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» «Nottingem Forest» yarimhimoyachisi Elliot Andersonga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plottenberg xabar berdi.

Manbaga koʻra, «o‘rmonchilar» rahbariyati mankunianliklarning bu qiziqishi maʼlum, biroq ular futbolchini 100—120 million funt sterlingdan kamiga sotmoqchi emas.

Maʼlumot uchun, 22 yoshli ingliz futbolchisi joriy mavsum barcha turnirlarda 14 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning klub bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Andersonning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting