locale OZ

«MYU» Ederson transferidan voz kechib, Gomesga e’tibor qaratdi

Bu haqda Globo nashri xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Ederson transferidan voz kechib, Gomesga e’tibor qaratdi
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" "Atalanta" yarim himoyachisi Ederson transferi amalga oshmaganidan so‘ng markaziy yarim himoya pozitsiyasi uchun yangi nomzodni belgiladi. Bu haqda Globo nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" "Vulverhempton" va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Joau Gomesga qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq Edersonning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagani sabab bekor bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, Joau Gomesning "Atletiko" Madridga transferi ham ispan klubi tashabbusi bilan amalga oshmay qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" futbolchining transfer qiymatini bilish maqsadida "Vulverhempton" rahbariyati bilan aloqa o‘rnatgan. Avvalroq "Atletiko" va ingliz klubi o‘rtasida Gomes uchun 45 million yevro miqdoridagi transfer summasi bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Qayd etilishicha, 25 yoshli yarim himoyachiga "Liverpul" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting