«MYU» Ederson bilan muzokaralarni yakunlash arafasida
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Manchester United" yarim himoyachi Ederson transferi bo‘yicha "Atalanta" bilan kelishuvga yaqin. Sky Sports xabariga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda.
Kelishuv narxi taxminan 38 million funt sterlingni tashkil qilishi mumkin. MYU 35 million funtni kafolatlangan to‘lov sifatida to‘lashi, yana uch millioni esa bonus tariqasida taqdim etilishi kutilmoqda.
Braziliyalik xavbekning transferi bo‘yicha to‘liq kelishuvga shu hafta oxirigacha erishilishi mumkin. Ederson o‘tgan mavsum A Seriyada 30 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist