locale OZ

«MYU» Dorguga oʻrinbosar topdi

Mankunianliklar himoya qo'rg'onini mustahkamlashni maqsad qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Dorguga oʻrinbosar topdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» chap qanot himoyachisi Patrik Dorguga munosib o‘rinbosar izlamoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» «Nyukasl» safida to‘p surayotgan 23 yoshli qanot himoyachisi Valentino Livramento hamda Frankfurtning «Ayntraxt» klubida o‘ynayotgan 22 yoshli chap qanot himoyachisi Nataniyel Braun bilan qiziqmoqda.

Joriy mavsumda Dorgu barcha turnirlar doirasida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting