«MYU» David Raumni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
«Manchester Yunayted» klubi yozgi transferlar oynasida «RB Leypsig» va Germaniya milliy terma jamoasi chap qanot himoyachisi David Raumni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, ingliz klubi 27 yoshli himoyachining transferi uchun taxminan 30 million funt sterling (34,8 million yevro) sarflashga tayyor.
Joriy mavsumda David Raum barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga va 7 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Futbolchining «RB Leypsig» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi. David Raum Germaniya milliy terma jamoasi safida ham faol o‘yin ko‘rsatib, 34 ta uchrashuvda ishtirok etgan va 1 ta gol hamda 7 ta assist qayd etgan.