«MYu» «Chelsi» futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi
Фото: Getty Images
“Chelsi” yarim himoyachisi Andrey Santos faoliyatini “Manchester Yunayted” safida davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda jurnalist Pablo Oliveira.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida muzokaralar hali boshlanmagan. Biroq “qizil iblislar” futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va uni sotib olishi mumkin.
O‘z navbatida, “Chelsi” Santosni klub kelajagi sifatida ko‘radi va hozircha uni sotishni rejalashtirmayapti.
Ma’lumot uchun, Santos 2023 yilning yozidan beri “Chelsi”da to‘p surmoqda. Shu davr mobaynida u ijarada “Nottingem Forest” va “Strasburg” safida ham harakat qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist