locale OZ

«MYU» Bruno Fernandes bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib bormoqda

Portugaliyalik futbolchi «Old Trafford»da qolish istagini bildirgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Bruno Fernandes bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib bormoqda
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Bruno Fernandes bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda FlashScore jurnalisti Din Jons ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi «Old Trafford»da qolish istagini bildirgan. Biroq yakuniy qarorda moliyaviy shartlar muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Kutilishicha, 2027-yilda bir qator klublar Fernandes uchun kurashga qo‘shilib, unga moliyaviy jihatdan jozibador takliflar taqdim etishi mumkin.

Shunga qaramay, «Manchester Yunayted» rahbariyati Fernandesni jamoada qolish uning uchun eng yaxshi qaror ekaniga ishontirishga qat’iy bel bog‘lagan.

32 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting