locale OZ

«MYU» Brentuayt transferida qiyinchilikka duch kelishi mumkin

Transfermarkt portali angliyalik himoyachining transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Brentuayt transferida qiyinchilikka duch kelishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Everton» himoyachisi Jarred Brentuayt hamon «Manchester Yunayted» qiziqish doirasida qolmoqda.

Biroq Football Insider xabar berishicha, «qizil iblislar» 24 yoshli angliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishda qiyinchilikka duch kelishi mumkin. Gap shundaki, «Everton» yozda Iliman Ndiayeni «Manchester Siti»ga sotganidan keyin moliyaviy jihatdan ancha qulay holatga kelgan. Shu bois klub tarkibidagi yana bir asosiy futbolchini zudlik bilan sotishga ehtiyoj sezmayapti.

Brentuayt joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo hozircha samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Transfermarkt portali angliyalik himoyachining transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting