locale OZ

«MYU» bosh murabbiyi lavozimi uchun asosiy nomzodlar maʼlum boʻldi — The Athletic

Avvalroq mankunianliklar Amorimni isteʼfoga chiqargandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» bosh murabbiyi lavozimi uchun asosiy nomzodlar maʼlum boʻldi — The Athletic
FOTO: Getty Images

The Athletic nashrining taniqli insayderi David Orshtayn «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimi uchun ikkita asosiy nomzodni aniqladi. Bu, Ruben Amorim iste’fosidan keyingi vaziyatga oid xabarlar bilan bog‘liq.

Orshtaynning so‘zlariga ko‘ra, Tomas Tuxel va Roberto De Zerbi jamoani yozgacha vaqtinchalik boshqarish variantida yetakchi nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Hozirda Tomas Tuxel Angliya terma jamoasini boshqaradi va 2026 yilgi Jahon chempionatida jamoa bilan ishlaydi. Roberto De Dzerbi esa Fransiya chempionatida yaxshi natija ko‘rsatayotgan «Marsel» klubini boshqaradi.

Eslatib o‘tamiz, Ruben Amorim «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligidan 5 yanvar kuni bo‘shatilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting