locale OZ

“MYu” “Bornmut” futbolchisi uchun 80 million yevro sarflashga tayyor

Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
“MYu” “Bornmut” futbolchisi uchun 80 million yevro sarflashga tayyor
Photo: Getty Images

"Bornmut" yarim himoyachisi Antuan Semenyo "Manchester Yunayted"ning transfer maqsadiga aylangan. Bu haqida Sky Sports xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mankuniyanliklar 25 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Futbolchining transfer bahosi 80 million yevroni tashkil qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Semenyo joriy mavsumda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Bornmut" bilan shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfermarktda uning narxi 35 million yevroni tashkil qiladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting