«MYU» belgiya darvozaboni bilan kelishuvga erishdi
Фото: Getty Images
"Manchester Yunayted" darvozabon Senne Lammens transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" "Antverpen" klubiga 21 mln yevro to‘laydi. Bonus to‘lovlari tufayli summa oshishi mumkin.
23 yoshli Lammensning o‘zi allaqachon "Manchester Yunayted" bilan 5 yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgan. Transfer yaqin soatlarda rasman yakunlanadi.
Lammens o‘zbekistonlik yarim himoyachi Muhammadali O‘rinboev bilan bir jamoada to‘p tepadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist