locale OZ

\"MYU\" \"Bayer\" hujumchisi uchun 40 mln yevro sarflashga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"MYU" "Bayer" hujumchisi uchun 40 mln yevro sarflashga tayyor
Photo: Getty Images

"Bayer" hujumchisi Patrik Shik faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sport xabar tarqatmoqda.

Ingliz klubi yozgi transfer vaqtida Shik transferini sotib olish bo'yicha "Bayer" bilan muzokaralarga kirishadi. Futbolchining transfer qiymati 40 mln yevroni tashkil qilishi mumkin.

29 yoshli chexiyalik hujumchiga Saudiya klublaridan ham takliflar bor. Futbolchining o'zi esa APLga yo'l olishni istamoqda.

Ma'lumot uchun, Shik joriy mavsum Bundesligada 26 o'yinda 17 ta gol urg'an.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting