«MYU» Baleba uchun yana taklif yuboradi
"Brayton" futbolchining transferidan qancha ishlab olmoqchi ekani ham ma’lum.
ФОТО: Getty images
"Brayton" yarim himoyachisi Carlos Balebaga top-klublardan qiziqish bo‘lib turibdi.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 21 yoshli futbolchi uchun “Manchester United” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklar yozgi transfer vaqtida ham taklif bilan murojaat qilishgan.
Biroq “Brayton” Baleba uchun 115 million yevro so‘ragandi. Natijada “qizil iblislar” uning transferidan voz kechgan.
Qishki transfer vaqtida “MYU” yana bir bor uni sotib olish borasida taklif yubormoqchi.
Joriy mavsumda Carlos Baleba Premer-ligada 5 ta o‘yinda maydonga tushib, biror samarali harakatni amalga oshirgani yo‘q.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist