«MYU» Baleba transfetidan voz kechdi
«Manchester Yunayted» «Brayton»ning 22 yoshli tayanch yarimhimoyachisi Karlos Baleba transferidan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «chaykalar» kamerunlik futbolchining transfer qiymatini 100 million funt sterling (115 million yevro)ga baholamoqda. Biroq «qizil iblislar» lagerida Balebaning hozirgi o‘yin formasi ushbu summaga mos kelmaydi, degan fikr ustun.
Ta’kidlanishicha, «Brayton» yarimhimoyachini arzonroq narxda sotishni rejalashtirmayapti va uning transferi bo‘yicha yangi takliflarni kutishga tayyor.
Joriy mavsumda Baleba barcha musobaqalarda 19 ta uchrashuvda maydonga tushgan, biroq hali na gol, na samarali uzatma qayd eta oldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.