locale OZ

«MYU» «Ayaks» hujumchisini nishonga oldi — manba

Tomonlar transferning ehtimoliy shartlarini muhokama qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» «Ayaks» hujumchisini nishonga oldi — manba
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi Amsterdamning «Ayaks» jamoasi bilan qanot hujumchisi Mika Godtsning transferi bo‘yicha rasmiy aloqaga chiqdi. Jurnalist Sasha Tavolyerining xabar berishicha, tomonlar ushbu transferning ehtimoliy shartlarini muhokama qilishgan.

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli vingerga nisbatan talab yuqori bo‘lishi kutilmoqda va u kelayotgan yozgi transfer oynasi vaqtida jamoasini tark etishi mumkin.

Mika Godts joriy mavsumda barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 11 ta samarali uzatmani yozdirib qo‘ydi. Futbolchining Amsterdam klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yinchining ayni damdagi bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting