locale OZ

\"MYu\" Arauho uchun asosiy da’vogar

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"MYu" Arauho uchun asosiy da’vogar
Photo: Getty Images

"Barselona" himoyachisi Ronald Arauho uchun "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football365 xabar berdi.

Qayd etilishicha, "qizil iblislar" Yevropa Ligasida g‘olib chiqib, kelasi yili Chempionlar Ligasida ishtirok etsa, Arauho’ni sotib olmoqchi.

Futbolchining transfer bahosi 50 million yevroni tashkil etmoqda. 26 yoshli himoyachiga boshqa jamoalar ham qiziqish bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" Yevropa Ligasi yarim final birinchi o‘yinida "Atletik"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting