\"MYu\" Antonioni sotuvga qo'ydi
Futbolchi hozirda "Betis"da ijarada o'ynamoqda
Photo: Getty Images
"Manchester Yunayted" klubi Antonioni sotuvga qo'ydi. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, "qizil iblislar" braziliyalik 25 yoshli vinger transferidan 32,5 million funt sterling ishlab olmoqchi.
"MYu" Antonioni 2022 yil sentabr oyida "Ayaks"dan 81,3 million funt sterling evaziga sotib olgandi. Bosh murabbiy Ruben Amorim qo'l ostida unga juda kam imkoniyat berildi. Hozirda u "Betis" klubida ijarada o'ynamoqda. 28 may kuni Yevropa Konferensiyalar ligasi finalida "Chelsi"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist