locale OZ

«MYU» Antoniga ultimatum qo'ydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Antoniga ultimatum qo'ydi
Photo: Getty Images

“Manchester Yunayted” Antoni bilan butunlay xayrlashmoqchi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Ingliz klubi braziliyalik vingerga qat'iy talab qo'ydi: u shu hafta 30-40 million yevro evaziga ketishga rozi bo'ladi yoki qishki transfer oynasigacha klubda qolib, shunchaki tribunada o'tiradi.

25 yoshli futbolchiga “Betis” qiziqmoqda. Ammo andalusiyaliklar futbolchini yana ijaraga olmoqchi. Biroq “Yunayted” potensial yaxshi daromadni yo'qotishdan qo'rqib, hammasi tezroq hal bo'lishini istaydi.

Vinger o'tgan mavsumni “Betis”da ijarada o'tkazib, La Ligada 17 o'yinda 5 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting