locale OZ

MYU Antoniga narx belgiladi. Unga Madrid klubi qiziqish bildirmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MYU Antoniga narx belgiladi. Unga Madrid klubi qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

“Manchester Yunayted” 25 yoshli braziliyalik vinger Antonini 40 million funtga sotishga qaror qildi. Bu haqda inews nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, hozirda Antoniga “Atletiko”, shuningdek, Italiyaning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda.

Biroq, “Betis” braziliyalik vinger bilan ijara shartnomasini uzoqroq muddatga uzaytirmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Antoni o'tgan qishki transferlar vaqtida “Betis”ga ijara asosida o'tgandi. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting