«MYU» Amorimni iste'foga chiqarsa qancha tovon puli to'lashi ma'lum
Amorim "Manchester United"ni 2024 yilning noyabrida qabul qilib olgandi.
ФОТО: Getty images
Ruben Amorim "Manchester United" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilsa, mo'maygina pul ishlab oladi.
Daily Mail xabariga ko'ra, agar portugaliyalik mutaxassis 11 noyabrgacha iste'foga chiqarilsa, "qizil iblislar" rahbariyati murabbiyga 13,8 mln yevro miqdorida jarima to'lashi kerak bo'ladi. Ushbu band yosh mutaxassisning shartnomasida qayd etilgan.
40 yoshli Amorim "Manchester United"ni 2024 yilning noyabrida qabul qilib olgan va ikki yarim yillik mehnat shartnomasini imzolagan. OAV ma'lumotlariga ko'ra, murabbiyning maoshi bir mavsum uchun 7,5 mln yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist