«MYU» Amorimga qancha tovon puli to'lashi ma'lum
Murabbiy "Yunayted"dagi faoliyati davomida taxminan 7,8 million funt ishlab topgan.
ФОТО: Getty images
Ruben Amorimning iste'fosi "Manchester Yunayted" uchun qimmatga tushadi. Bu haqda talkSPORT nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, klub portugaliyalik mutaxassisga 10 million funtdan ortiq tovon puli to'lashi kerak bo'ladi.
2024 yilning noyabr oyida jamoani qabul qilib olgan Amorimning maoshi yiliga 6,7 million funtni tashkil etgan. Murabbiy "Yunayted"dagi faoliyati davomida taxminan 7,8 million funt ishlab topgan.
Shartnoma shartlariga ko'ra, kelishuv bekor qilingandan so'ng, klub Amorimga qolgan pulni - 10,05 mln funtni to'lashi kerak.
Bundan tashqari, u tayinlanganida "Manchester Yunayted" "Sporting"ga 9,5 mln funt tovon puli o'tkazgan. Qisqasi, Amorim uchun umumiy xarajatlar taxminan 27,35 million funtni tashkil qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist