locale OZ

«MYU» Aleks Skott uchun kurashmoqda, ammo «Bornmut» yuqori narx talab qilmoqda

Futbolchining "Bornmut" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"MYU" Aleks Skott uchun kurashmoqda, ammo "Bornmut" yuqori narx talab qilmoqda
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" "Bornmut" yarim himoyachisi Aleks Skottni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" 22 yoshli angliyalik futbolchi uchun taxminan 47 million yevro taklif qilishga tayyor bo‘lgan. Biroq "Bornmut" o‘z futbolchisini 82 million yevrodan kam mablag‘ga sotishni istamayapti.

Xabar qilinishicha, "Manchester Yunayted" rahbariyati ushbu bahoni haddan tashqari yuqori deb hisoblamoqda va ayni vaqtda boshqa muqobil variantlarni ham o‘rganmoqda.

Shu bilan birga, Aleks Skottga Londondagi "Arsenal" klubi ham qiziqish bildirmoqda va u transfer uchun da’vogarlar qatorida hisoblanadi.

Aleks Skott o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Futbolchining "Bornmut" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati hozirda 50 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting