locale OZ

«MYU» Aleks Baldega qiziqish bildirmoqda

Biroq 22 yoshli futbolchining oʻzi «Barselona»da qolishni afzal koʻrmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Aleks Baldega qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning transferlar bo‘yicha mas’uli Kristofer Vivell «Barselona» qanot himoyachisi Aleks Balde nomzodini klub rahbariyatiga taklif qildi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, 22 yoshli futbolchining o‘zi faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirish niyatida. Hozirgi bosqichda «qizil iblislar» na «Barselona», na Baldening vakillari bilan rasmiy muzokaralar olib borgani yo‘q.

Ispaniyalik himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Baldening «ko‘k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali iqtidorli himoyachining bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting