«MYU» Afrika Millatlar Kubogi gʻolibini nishonga oldi
«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida «Everton»ning senegallik vingeri Iliman Ndiayeni o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlamoqda. TEAMtalk nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «qizil iblislar» 25 yoshli futbolchini yozgi transferlar ro‘yxatiga kiritishga qaror qilgan.
Biroq, bu kelishuv mankunianliklar uchun ancha qimmatga tushishi mumkin. Mersisaydliklar hozircha o‘z yulduziga aniq narx belgilashmagan va uni sotilmas futbolchi deb hisoblashmoqda. Shu sababli, Ndiayeni «Gudison Park»dan olib ketish uchun «Yunayted» rahbariyati katta mablag‘dan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.
Iliman Ndiaye uchun ushbu qish muvaffaqiyatli keldi — u Senegal terma jamoasi safida Afrika Millatlar Kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Klub miqyosida esa joriy mavsumda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.
Hozirda futbolchining «Everton» bilan 2029 yilning yoziga qadar shartnomasi mavjud. Transfermarkt portali senegallik hujumkor yarimhimoyachining bozor qiymatini 45 million yevro deb baholagan.