locale OZ

«MYU» Adam Uortonga qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchi Yevrokuboklarda oʻynaydigan jamoada toʻp surmoqchi

Mankunianliklar yarimhimoyachini kelasi yozda 70 million yevroga xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» Adam Uortonga qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchi Yevrokuboklarda oʻynaydigan jamoada toʻp surmoqchi
FOTO: Getty Images

Mirror nashrining yozishicha, «Kristal Pelas» yarimhimoyachisi Adam Uorton 2026 yilgi yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted»ning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi. «Qizil iblislar» bosh murabbiyi Ruben Amorim 21 yoshli futbolchining sifati va o‘yin uslubi u qurmoqchi bo‘lgan jamoaga juda mos tushishini ta’kidlagan.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar Uortonni kelasi yozda 70 million yevro atrofidagi summa evaziga qo‘lga kiritishiga ishonyapti. Biroq futbolchining o‘zi Yevrokuboklarda ishtirok etadigan klubda o‘ynashni xohlaydi. Shu sababli «Manchester Yunayted» musobaqalarga yo‘llanma ololmasa, Uorton transferga rozi bo‘lmaydi.

Joriy mavsumda yarimhimoyachi barcha turnirlar doirasida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki bor golli uzatma qayd etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Uortonning bozor qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting