locale OZ

\"MYU\" 50 mln yevroga A Seriyadan hujumchi olib kelmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"MYU" 50 mln yevroga A Seriyadan hujumchi olib kelmoqchi
Photo: Getty Images

Moize Kin "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda Footmercato xabar berdi.

Qayd etilishicha, "MYU" yozgi transfer oynasida Kinni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Uning tovon puli 50 mln yevroga teng.

Mankunian klubi ustozi Ruben Amorim hujum chizig‘ini kuchaytirishni istamoqda. Shu sabab bir nechta forvardlarni kuzatishda davom etmoqda.

Joriy mavsumda Moize A Seriyadagi 30 ta o‘yinda 17 ta gol urdi, barcha musobaqalarda esa jami 24 ta gol kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting