locale OZ

«MYU» 50 million funt evaziga yangi himoyachi sotib olmoqchi

Transfermarkt portali Kayodeni 27 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"MYU" 50 million funt evaziga yangi himoyachi sotib olmoqchi
ФОТО: Getty images

"Brentford" himoyachisi Maykl Kayode "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" futbolchini sotib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"Brentford" italiyalik futbolchini sotib yuborishi mumkin. Klub uni 50 million funt sterlingga baholamoqda.

Ma'lumot uchun, Maykl Kayode 2025 yilda "Fiorentina"dan 17 million yevro evaziga "Brentford"ga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi ingliz klubi safida barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Transfermarkt portali Kayodeni 27 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting