Mxitaryan faoliyatini yakunlashi mumkin — Romano
Italiyaning «Inter» klubi yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan professional faoliyatini yakunlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, futbolchi joriy yilning fevral oyidan buyon ushbu qaror ustida bosh qotirmoqda.
Xabarda aytilishicha, «Inter» rahbariyati hamon Mxitaryanning kelajagi borasidagi yakuniy qarorini kutmoqda. 37 yoshli futbolchining Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning iyun oyida o‘z nihoyasiga yetadi.
Ma’lumot uchun, Mxitaryan 2022 yilning iyunidan buyon «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda. Armaniston terma jamoasining sobiq a’zosi faoliyati davomida «Roma», «Arsenal», «Manchester Yunayted», Dortmundning «Borussiya», «Shaxtyor», «Metallurg», «Pyunik» hamda «San-Paulu» o‘smirlar jamoasi ranglarini himoya qilgan.