Muzaffar Muzaffarov sobiq jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi
31 yoshli futbolchi 2022 yildan buyon “Mohammedan” sharafini himoya qilib kelmoqda
ФОТО: Getty images
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Muzaffar Muzaffarov Bangladeshning “Mohammedan Sporting” klubi bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda Sports24.uz xabar berdi.
Shu tariqa tajribali futbolchi kelasi mavsumda ham ushbu jamoa safida harakat qilishda davom etadi.
31 yoshli futbolchi 2022 yildan buyon “Mohammedan” sharafini himoya qilib kelmoqda va jamoaning yetakchi o‘yinchilaridan biriga aylangan. U shu vaqtga qadar klub safida muhim uchrashuvlarda ishtirok etib, gollar va samarali uzatmalar bilan ham o‘z hissasini qo‘shgan.
Ma’lumot uchun, Muzaffarov faoliyati davomida “So‘g‘diyona”, “Neftchi”, AGMK, “Metallurg”, “Qo‘qon-1912”, “Turon” va “Dinamo” kabi klublarda to‘p surgan. 2022 yilda u Bangladeshga yo‘l olgandi.
Farhod Fayziyev
Ekspert