Muzaffar Muzaffarov «Muhammadan»ni tark etdi
Futbolchi klub bilan shartnomani bekor qildi.
Фото: Музаффар Музаффаровнинг инстаграмм саҳифасидан
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Muzaffar Muzaffarov Bangladesh klubini tark etdi.
Sports24.uz xabar berishicha, Muzaffarov klub bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilgan. U mazkur klub safida bir necha yildan beri to‘p surib kelayotgandi.
Bu orada jamoasi bilan mamlakat chempioni hamda kubogini qo‘lga kiritgan edi. Muzaffarov katta ehtimol bilan faoliyatini O‘zbekiston chempionatida davom ettirishi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist