Muzaffar Muzaffarov «Mohammadan»ni tark etdi
U Dakka shahri jamoasida 5 yil to'p surdi.
ФОТО: Getty images
O‘zbekistonlik yarimhimoyachi Muzaffar Muzaffarov erkin agentga aylandi.
Futbolchi Bangladeshning “Mohammadan” klubi bilan xayrlashdi. U Dakka shahri jamoasida 5 yil to‘p surdi.
Bu vaqt davomida 75 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi. 20 ta assistni qayd etdi. Klub bilan mamlakat chempioni va kubogini ham qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Muzaffarov “Neftchi” bosh murabbiyi Islombek Ismoilovning ukasi hisoblanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist