locale OZ

Mutaxassis “Liverpul”ga Harri Keyn bilan shartnoma imzolashni taklif qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mutaxassis “Liverpul”ga Harri Keyn bilan shartnoma imzolashni taklif qildi
FOTO: Getty Images

Angliyaning “Liverpul” klubi sobiq futbolchisi Markus Babbel mersisaydliklarga jamoa hujumchisi Darvin Nunesnining o'rniga “Bavariya” hujumchisi Harri Keynni olib kelishni taklif qildi.

“Nunes tez-tez o'ynashi kerak. Ammo agar “Liverpul” bu yozda Nunesni sotmoqchi bo'lsa va haqiqatdan ham eng yaxshi to'purar bilan shartnoma imzolashni istasa, Harri Keynga murojaat qilishlari kerak. Agar u APL'ga qaytsa, juda ko'p narsalarni taklif qiladi”, - deydi Babbel.

Ma'lumot uchun, Darvin Nunes joriy mavsum barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting