locale OZ

Muslera 14 yildan so‘ng \"Galatasaroy\"ni tark etdi

U klub bilan 8 bor Turkiya Superligasida zafar quchdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muslera 14 yildan so‘ng "Galatasaroy"ni tark etdi
Photo: Getty Images

“Galatasaroy” afsonalaridan biriga aylangan darvozabon Fernando Muslera klub bilan xayrlashdi.

Urugvaylik 38 yoshli posbon Istanbul jamoasi safida 14 yil to‘p surdi. Bu vaqt davomida u 8 bor Turkiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 6 marta Turkiya Superkubogi, 5 bor Turkiya kubogida g‘alaba qozongan.

Muslera umumiy hisobda “kanareykalar" safida 19 ta sovringa ega bo‘lgan.

“Galatasaroy” hayotim oxirigacha mening bir bo‘lagim bo‘lib qoladi", — dedi Muslera xayrlashuv marosimida.

Klub “Real” posboni Andrey Luninni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting