locale OZ

Musiala tez orada “Bavariya” mashg‘ulotlariga qaytadi

23 yoshli futbolchi mashg‘ulotlar bazasida jamoadoshlari bilan ishlashni boshlashi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Musiala tez orada “Bavariya” mashg‘ulotlariga qaytadi
Foto: Getty Images

“Bavariya” vingeri Jamal Musiala yaqin kunlarda jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin. Bu haqda Germaniyaning Kicker nashri xabar berdi.

23 yoshli futbolchi mashg‘ulotlar bazasida jamoadoshlari bilan ishlashni boshlashi kutilmoqda. Agar tiklanish jarayoni reja bo‘yicha davom etsa, Musiala 28-avgust kuni “Shtutgart”ga qarshi o‘yinda qaydnomaga kiritilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Musiala yaqinda uchrashuv vaqtida hushini yo‘qotgan edi. Shu sabab futbolchi bir muddat maydondan tashqarida qoldi.

Ma’lumot uchun, Musiala 2025/26-yilgi mavsumda “Bavariya” safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting