locale OZ

Musiala qanchaga safdan chiqqani ma'lum bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Musiala qanchaga safdan chiqqani ma'lum bo‘ldi
Photo: Getty Images

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak finalida “PSJ” klubi “Bavariya”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 45-daqiqasida nemis jamoasi yetakchisi Jamal Musiala parijliklar posboni Janluiji Donnarumma bilan to‘qnashib ketishi natijasida jarohat oldi.

Bild nashrining xabar berishicha, futbolchining oyog‘i singan. Endi futbolchi kamida 3-4 oy jarohatini davolaydi. Bundesliganing yangi mavsumi startida ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

Musiala yakunlangan mavsumda 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 21 ta gol va 8 ta golli uzatma bor.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting