locale OZ

Musiala qancha vaqtga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Musiala qancha vaqtga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi
Photo: Getty Images

"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala chap oyog‘ining kichik boldir suyagini sindirib, bir nechta paylariga shikast yetkazdi, deb yozadi Bild.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli nemis 4-5 oy maydonga tusholmaydi va bu yil o‘yinlarga qaytmasligi mumkin. 6-iyul kuni u jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi.

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasida "PSJ"ga (0:2) qarshi o‘yinning 45+4-daqiqasida Musiala darvozabon Janluiji Donnarumma bilan to‘qnashuvda jiddiy jarohat oldi.

Katta ehtimol bilan futbolchi bu mavsumda boshqa maydonga tushmaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting