locale OZ

Musiala jarohatidan tiklanib, mashgʻulotlarga qaytdi

«Bavariya» yarimhimoyachisi 5 iyul kuni «PSJ»ga qarshi oʻyinda jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Musiala jarohatidan tiklanib, mashgʻulotlarga qaytdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi yarimhimoyachisi Jamal Musiala jarohatidan toʻliq tiklanib, mashgʻulotlarga qaytdi.

Eslatib oʻtamiz, Musiala 5 iyun kuni «PSJ»ga qarshi oʻtkazilgan Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchrashuvi vaqtida oyogʻidan jiddiy jarohat olgandi.

«Maydonga qaytish menga ajoyib hissiyot baxsh etdi. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman, oyogʻim ham yaxshi holatda. Bu men uchun katta qadam. Bir necha hafta avval birinchi marta sakradim, soʻng yugura boshladim, endi esa maydondaman. Oʻylaymanki, bu yangi bosqichga o‘tishdir», — dedi Musiala.

Maʼlumot uchun, «Bavariya» oʻzining navbatdagi oʻyinini 25 oktyabr kuni «Borussiya M»ga qarshi oʻtkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting