locale OZ

Musiala jarohatidan soʻng ilk bor toʻp bilan mashgʻulot oʻtkazdi

«Bavariya» yarimhimoyachisi oʻtgan yozda safdan chiqqandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Musiala jarohatidan soʻng ilk bor toʻp bilan mashgʻulot oʻtkazdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi yarimhimoyachisi Jamal Musiala jarohatidan soʻng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

BILD nashrining yozishicha, 22 yoshli futbolchi reabilitatsiya murabbiyi Saymon Martinello boshchiligida individual mashgʻulot oʻtkazdi va ilk bor yana toʻp bilan ishlashni boshladi.

Eslatib oʻtamiz, Musiala klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan oʻrin olgan «PSJ»ga qarshi bahsda ogʻir jarohat olgandi.

Maʼlumot uchun, germaniyalik futbolchining «Bavariya» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting